Yangiliklar
Yangiliklar
2025-10-28
Ko‘pchilik so‘raydi:
«Mening kasbim Ro‘yxatda bor, nima uchun imtiyozli pensiya berilmaydi?»
Bu yerda gap faqat kasbda emas 😎
Imtiyozli pensiya faqat Ro‘yxatda ko‘rsatilgan ishlab chiqarish turi haqiqatdan ham mavjud bo‘lsa beriladi.
1️⃣- Misol:
Ro‘yxatda “qo‘l mehnatiga asoslangan temirchi” bor.
Lekin tashkilotda temirchilik-pressli ishlab chiqarish sexi yo‘q bo‘lsa — bu temirchiga imtiyozli pensiya berilmaydi.
2️⃣- Misol:
Tashkilotda “qora metallurgiya ishlab chiqarishi” bor va siz u yerda “erituvchi” bo‘lsangiz — demak, Ro‘yxatdagi ishlab chiqarish mavjud ✅
Siz imtiyozli pensiya olishingiz mumkin.
📌 Xulosa:
Imtiyozli pensiya:
1️. Ishlab chiqarish Ro‘yxatda bo‘lsa
2️. Va siz o‘sha jarayonda bevosita ishlasangiz beriladi
Ya’ni, faqat kasb nomi yetarli emas — ishlab chiqarish muhiti ham bo‘lishi shart!