Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"NOVJA" MAHALLASIDA SAYYOR QABUL BO`LIB O`TDI

error

2023-08-04

Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev Xatirchi tumani "Novja" mahallasida bir guruh aholi bilan uchrashib, sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda L.Xayrullayev so‘nggi yillarda mamlakatimizda, xususan viloyatimiz va Xatirchi tumanida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan "Novja mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko'cha” va “Obod mahalla” mezonlari joriy etilib, mahalla infratuzilmasi tubdan o‘zgartirilayotganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Mazkur sayyor qabulda aholini muammo va takliflari tinglandi.

Unda fuqarolardan turli yo‘nalishlarda 20 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Ularning aksariyati joyida bartaraf etildi. O‘rganish talab etilgan murojaatlar esa nazoratga olinib, tegishli mas’ullarga ularni o‘rganib, hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Navoiy viloyati Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati.