Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Mehnat_muhofazasi

error

2025-11-13

SALOMATLIK VA HAYOT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi huzuridagi Mehnat inspeksiyasi tomonidan “Navoiyazot” AJ korxonasining ammiak ishlab chiqarish sexida korxonaning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi mutaxassislari hamda ishchi xodimlar ishtirokida muloqot tashkil etildi.

Tadbir davomida mehnat muhofazasi talablariga qat’iy rioya etish, ish jarayonida shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishning ahamiyati, hamda inson omili bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, texnologik jarayonlarni belgilangan tartib asosida boshqarish va vazifalarni mas’uliyat bilan bajarish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda favqulodda holatlar yuz bergan taqdirda xodimlar salomatligi va hayotiga xavf soluvchi omillar haqida batafsil ma’lumot berilib, xushyorlikni oshirish hamda ogohlik bilan ish yuritish muhimligi qayd etildi.

👉 Mehnat xavfsizligi – inson salomatligi garovi!