Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-24
Ayni paytda Surxondaryo viloyatida “Surxondaryo innovatsion tomorqa maktabi” faoliyatini ommalashtirish maqsadida amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Navoiy viloyatidan bir guruh vakillar ishtirok etmoqda.
Xususan, viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev hamda tizim xodimlari mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashib, o‘zaro fikr almashmoqda.
Seminar innovatsion yondashuvlar, tomorqadan samarali foydalanish va hududlarda bandlikni oshirishga xizmat qiladigan amaliy mexanizmlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing