Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-27
KASB TANLASHDA YO‘L QO‘YILADIGAN 3 TA XATO
Kasb tanlash — faqat diplom emas, balki hayot yo‘lingizni belgilaydigan muhim qarordir. Quyidagi xatolar ko‘pchilikning noto‘g‘ri tanlov qilishiga sabab bo‘ladi:
1️⃣Boshqalarning istagi bilan tanlash — ota-ona, do‘st yoki atrofdagilarning fikriga ergashish ko‘pincha noto‘g‘ri tanlovga olib keladi.
2️⃣Kasbning asl mazmunini o‘rganmasdan tanlash — tashqi jihatlar yoki ijobiy fikrlarga ishonib qaror qilish xato.
✅“Ochiq eshiklar” kunlarida qatnashing.
✅Mutaxassislar bilan suhbatlashing.
✅Kurs va amaliyotlarda o‘zingizni sinab ko‘ring.
3️⃣Faqat maoshga qarab tanlash — “Yaxshi pul topiladi” degan fikr bilan tanlash noto'g'ri. Qiziqish bo‘lmasa, charchoq va ishga sovuqqonlik paydo bo‘ladi.
👉 Eng to‘g‘ri yo‘l — o‘zingizni qiziqtirgan, kuchli tomonlaringizga mos va bozor talabiga ega kasbni tanlash.
✅Istaklaringizni biling!
✅Kasbni chuqur o‘rganing!
✅Qarorni mustaqil qabul qiling!