Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-27
Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida Konimex tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida halollik tamoyillarini mustahkamlash va korrupsiyaga qarshi ongni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bosh mutaxassisi Kamil Nurnazarov ishtirok etib, korrupsiyaning salbiy ta’siri, uni oldini olish mexanizmlari hamda davlat xizmatchilari zimmasidagi mas’uliyat haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish jamiyat ravnaqi uchun muhim omil ekani ta’kidlanib, har bir xodim o‘z faoliyatida halollik va mas’uliyatni ustuvor qo‘yishi lozimligi ta’kidlandi.