Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Xodimning huquqlari

error

2025-12-01

Mehnat kodeksining 21-moddasiga ko‘ra, har bir xodim quyidagi asosiy huquqlarga ega:

🔹Mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish hamda shartlangan ish bilan ta’minlanish.

🔹Xavfsiz, gigiyenik va mehnatni muhofaza qilish talablariga javob beradigan ish sharoitida ishlash.

🔹Ish haqi, ish vaqti, dam olish va yillik ta’til bilan ta’minlanish.

🔹Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

🔹Mehnat huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlarga a’zo bo‘lish.

🔹Jamoa kelishuvlari va shartnomalari haqida axborot olish.

🔹Mehnat vazifalari tufayli yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplatish.

🔹Mehnat nizolarini qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilish.

Xodim huquqlarini belgilovchi va himoya qiluvchi norma mehnat jarayonida adolat va mas’uliyatga asoslangan barqaror munosabatlarni ta’minlaydi.