Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturiga qaratilgan ishlar izchil bormoqda

error

2025-12-04

Mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi kambag‘allikni qisqartirish borasida ham keng ko‘lamli islohotlar izchil davom etmoqda. Jumladan, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi qabul qilinib, aholining ijtimoiy himoyasi va farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev Nurota tumanining “Jarma” mahallasida bo‘lib, hududdagi kambag‘al oilalar xonadonlarida uchrashuvlar o‘tkazdi. 

Ular bilan suhbat jarayonida mavjud muammolar manzilli o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish choralarini ko‘rish, ishsiz a’zolar bandligini ta’minlash va daromadni oshiradigan faoliyatlarga jalb qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Bir so‘z bilan aytganda, aholining ehtiyojmand qatlamini kambag‘allikdan chiqarish va ularning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish ishlari izchil davom etmoqda.