Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-12
Xotin-qizlar bandligini oshirishga xizmat qiluvchi hamkorlik
Bugun viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev Navoiy shahridagi “Janub Sanoat Montaj” tekstil korxonasida bo‘ldi.
Jaaryon davomida rahbar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, tadbirkor tomonidan bildirgan muammo va takliflarni tingladi.
Mazkur korxonada hozirda 150 nafar xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlangan bo‘lib, bu hududda ayollar bandligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kelgusida korxona faoliyatini kengaytirish orqali yana 100 ga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu uchrashuv mahalliy aholining bandligini ta’minlash, ayniqsa xotin-qizlar uchun barqaror mehnat imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing