Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-12
Ish suhbatiga tayyorlanishda 3 muhim tavsiya:
1⃣Tashkilotni o‘rganing —
uning yo‘nalishlari, maqsadi va loyihalarini bilish sizni tayyor va qiziquvchan nomzod sifatida ko‘rsatadi.
✅Rasmiy saytini va “Biz haqimizda” bo‘limini o‘qing.
✅So‘nggi yutuqlari va loyihalari bilan tanishing.
2⃣ Lavozim yo‘riqnomangizni bilib oling — zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lish tajribangizni aniq yo‘naltirishga yordam beradi.
✅Talablarni tahlil qiling.
✅Rezyumeni moslashtiring.
✅“Bu lavozimga nima qo‘shishim mumkin?” degan savolga javob tayyorlang.
3⃣ Suhbat savollariga tayyor bo‘ling — ish beruvchi “Savol va takliflaringiz bormi?” deb so‘rasa faol va aniq javob bering.
Masalan:
— “Bu lavozimda muvaffaqiyat qanday o‘lchanadi?”
— “Jamoaning ustuvor yo‘nalishlari nimalar?”
Tashkilotni o‘rganish, lavozimni tushunish va maqsadli savollar tayyorlash — muvaffaqiyatli suhbat poydevoridir.