Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-17
Mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi
Bugun Navoiy shahridagi “Ma’naviyat va Ma’rifat” markazida yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada 52 ta tashkilot va korxonalar, jumladan 31 ta byudjet tashkiloti hamda 21 ta yirik xususiy korxona va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, o‘zlarida mavjud 120 ta bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qildi.
Yarmarkada 125 nafar yoshlarning ishtiroki ta’minlanib, jarayon davomida 23 nafar yoshga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, tadbirda Davlatimiz rahbarining farmoniga muvofiq jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, probatsiya hisobida turgan ishsiz fuqarolar ham faol ishtirok etib, ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur mehnat yarmarkasi yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni ish bilan ta’minlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qildi.