Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Hokim yordamchilari bilan muloqot: kambag‘allikni qisqartirish yo‘lidagi muhim uchrashuv

error

2025-12-23

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Sirojiddin Boboqulov Navoiy viloyati Navbahor tumani hokimligida tuman mahallalarida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hokim yordamchilarining joylarda duch kelayotgan muammo va takliflari tinglandi, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha atroflicha fikr almashildi. Vazir o‘rinbosari tomonidan kelgusidagi reja va loyihalar, bandlikni oshirish hamda aholining daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar ilgari surildi.

Jonli muloqot tarzida o‘tgan mazkur uchrashuv kelgusi yil uchun aniq marralarni belgilash, mahallalarda tizimli ishlashni kuchaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.