Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-24
Yangi yil munosabati bilan bayram mukofotini berish majburiymi?
📌Mehnat kodeksining 252-moddasiga (https://lex.uz/docs/6257288#6263811) ko‘ra, mukofot va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar tartibi ish beruvchi tomonidan belgilanadi hamda jamoa shartnomasi yoki ichki hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
❗️Agar ichki hujjatda barcha xodimlarga bayram munosabati bilan mukofot berish majburiyati belgilangan bo‘lsa, ish beruvchi uni berishi shart. Aks holda, bu qarzdorlikni keltirib chiqaradi.
❗️Agar bunday majburiyat ichki hujjatlarda ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, mukofot berish majburiy emas, u ixtiyoriy hisoblanadi.
📌Mukofotlashda kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mehnat kodeksining 4-moddasiga (https://lex.uz/docs/6257288#7113973) ko‘ra, jins, yosh, lavozim yoki mehnat natijalariga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar asosida farqlash kamsitish hisoblanadi.
📆 Bayram mukofotini bayramdan oldin ham, keyin ham berish mumkin — qonunchilikda aniq muddat belgilanmagan.
💻Budjet tashkilotlarida mukofotlash tartibi faqat qonunchilikda belgilangan holatlarda amalga oshiriladi.