Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-27
Karmana tumani hokimligida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda 100 nafar oila vakillari ishtirok etib, bayram munosabati bilan tabriklandi. Unda tuman hokimi Shohruh Boltayev hamda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev ishtirokchilarga ezgu tilaklar bildirdi.
Tadbir yakunida kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va sovg‘alar topshirildi.
Mazkur tashabbus ijtimoiy himoya va aholiga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamning samarali namunasi bo‘ldi.
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing