Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-15
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Kecha Navoiy shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo‘limi tomonidan rasmdagi to‘rtta bo‘sh ish o‘rni mavjudligi e’lon qilingan” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Mazkur xabarda fuqaro tomonidan “Do‘stlik bayrog‘i” va “Знамя дружбы” gazetalarida ko‘rsatilgan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha aloqa uchun berilgan telefon raqami ishlamayotgani, tahririyatga murojaat qilinganda esa bunday bo‘sh ish o‘rinlari mavjud emasligi, shuningdek ushbu tashkilot tomonidan shahar bandlik bo‘limiga bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot taqdim etilmaganligi bildirilib, holatdan norozilik bildirilgan.
Mazkur murojaat Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Do‘stlik bayrog‘i” va “Знамя дружбы” gazetalarida e’lon qilingan to‘rtta bo‘sh ish o‘rni amalda mavjud ekanligi aniqlandi. Ushbu bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar tashkilotning kadrlar bo‘limi mas’ul xodimi tomonidan Navoiy shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga hisobotni belgilangan tartibda taqdim etilgan.
Shu bilan birga, murojaatda qayd etilganidek, bo‘sh ish o‘rinlari uchun aloqa sifatida ko‘rsatilgan telefon raqami haqiqatan ham vaqtincha ishlamayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat tashkilot bosh hisobchisining ishdan bo‘shashi natijasida abonent raqami bo‘yicha to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani va qarzdorlik yuzaga kelgani sababli aloqa xizmatlari vaqtincha to‘xtatilganligi bilan izohlandi.
Xulosa qilib aytganda, fuqaro tomonidan “Do‘stlik bayrog‘i” va “Знамя дружбы” gazetalarida bo‘sh ish o‘rinlari mavjud emasligi, tahririyatda ish so‘ralganda bo‘sh ish o‘rni yo‘qligi aytilgani hamda ushbu tashkilot tomonidan ko'rsatilgan raqam xato ekanligi hamda Tahririyat Navoiy shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo‘limiga bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot taqdim etilmaganligi haqidagi e’tirozlari o‘z tasdig‘ini topmadi.