Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Og‘ir mahallalarda aholi bandligini oshirish orqali kambag'allikni qisqartirish choralari kuchaytirilmoqda

error

2026-01-20

Viloyatda joriy yil boshida kambag‘allik va ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan 12 ta og‘ir mahalla aniqlangan bo‘lib, ushbu hududlarda aholi bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbalarini yaratish ustuvor vazifa etib belgilangan. Mazkur yo‘nalishda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev tomonidan mahallabay o‘rganishlar olib borilmoqda.

Navbahor tumanidagi “Karvon” hamda Qiziltepa tumanidagi “Arabxona” mahallasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida hududdagi mavjud imkoniyatlar, aholi bandligi holati va ishsizlik sabablarini chuqur tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi. Mahalla yettiligi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda bandlikni oshirishda manzilli yondashuv muhimligi ta’kidlanib, har bir ishsiz fuqaro bilan individual ishlash, ularning kasbiy ko‘nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqib ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallalarda mikroloyihalarni ko‘paytirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholining doimiy bandligini ta’minlash lozimligi qayd etildi. Ayniqsa, kasb-hunarga ega bo‘lmagan xotin-qizlarni qisqa muddatli o‘quv kurslariga jalb etish, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash muhim vazifa sifatida belgilandi.

O‘rganishlar jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, bandlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha aniq reja va vazifalar belgilab olindi. Mazkur masalalar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi belgilandi.