Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

➡️ Og‘ir mahallalarda bandlikni oshirish bo‘yicha manzilli o'rganishlar olib borilmoqda

error

2026-01-30

Kambag‘allik va ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan og‘ir mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbalarini yaratish maqsadida, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev tomonidan mahallabay o‘rganishlar davom etmoqda.

Jumladan, Xatirchi tumanidagi "Kattasoy", "Quchchi" va "Farovon" mahallasida o'rganishlar davomida hududdagi mavjud imkoniyatlar, aholi bandligi holati va ishsizlik sabablarini chuqur tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, mahallalarda mikroloyihalarni ko‘paytirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholining doimiy bandligini ta’minlash lozimligi qayd etildi.