Yangiliklar
Yangiliklar
2023-09-12
Nurota tumanida "Obod xonadon", "Obod koʻcha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish boʻyicha ishchi guruh tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.
Unda Nurota tumani hokimi A.Fayziyev, tumandagi "mahalla beshligi" hamda tegishli korxona va tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Shuningdek, tumanda Gʻafur Gʻulom MFYda "Obod xonadon", "Obod koʻcha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash boʻyicha ishchi guruh tuzilib, koʻchalarga biriktirildi hamda shtab faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
🌐Boshqarma axborot xizmati
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing