Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#RASMIY MUNOSABAT

error

2026-02-02

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Enter Engineering” kompaniyasida faoliyat yuritayotgan Hindiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan migrant ishchilar tomonidan 3 oydan buyon ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmayotgani yuzasidan bildirilgan murojaat bo‘yicha xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Mehnat kodeksi talablari asosida o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, korxonada ishchi-xodimlarning ish haqlari ma'lum sabablarga ko'ra qayta hisob-kitob qilinayotganligi sababli to‘lovlar kechikkan. Korxona mas’ullari tomonidan ushbu holat vaqtinchalik ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 253-moddasiga muvofiq ish haqi belgilangan muddatlarda va to‘liq to‘lab berilishi shartligi inobatga olinib, yaqin kunlarda barcha ishchi-xodimlarga ish haqlari to‘liq to‘lab berilishi ma’lum qilindi.