Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-18
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan “Raqamli mehnat munosabatlari — mehnatni muhofaza qilishning yangi yo‘nalishlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda viloyatdagi korxona va tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislari, yuriskonsultlar hamda kadrlar masalalariga mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Seminarda 100 nafardan ortiq mas’ullarning ishtiroki ta’minlandi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-sonli “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ayrim nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi yangi talab va o‘zgarishlar mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, raqamli mehnat munosabatlari sharoitida xodimlar xavfsizligini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish tizimini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.