Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-18
Xodim quyidagi hollarda har yillik mehnat ta’tilini uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirish huquqiga ega:
🔹vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida;
🔹homiladorlik va tug‘ish ta’tilining muddati boshlanganda;
🔹har yilgi mehnat ta’tili o‘quv ta’tiliga to‘g‘ri kelib qolganda;
🔹davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarish davrida;
🔹jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
👤Xodim mehnat ta’tilidan foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi sabablar vujudga kelganida, bu haqda ish beruvchini yozma ravishda xabardor etishi shart.
👉 (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6263166) Batafsil. (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6263166)
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing