Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Xodimni ishdan chetlashtirish xavfsizlik talabi yoki jazo?

error

2026-02-19

Mehnat kodeksining 531–532-moddalariga ko‘ra, har bir xodim o‘z hayoti, sog‘lig‘i va sha’nini himoya qilish huquqiga ega. Bu — qonuniy kafolatlangan huquq.

🔻Xodim qachon ishni rad etishi mumkin❓

      Xodim o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida quyidagi holatlarda ishni bajarishni rad etishga haqli:

❌ Hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diruvchi ishlarda

❌ Mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan ishlar talab qilinganda

❌ Qonunga xilof topshiriq berilganda

❌ O‘zi yoki boshqalarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlar talab etilganda

❗️Bunda xodim ish beruvchini yoki bevosita rahbarini yozma ravishda xabardor qilishi kerak.

 ‼️Muhim kafolat

       Bunday xavfli yoki qonunga xilof holatlar bartaraf etilgunga qadar:

 Xodim ishni rad etgan vaqtida ham barcha mehnat huquqlarini saqlab qoladi.

 Unga nisbatan jazo qo‘llash mumkin emas

 ❌ Ish beruvchiga taqiq

       Qonunga ko‘ra:

 Ish beruvchi xodimning o‘zini o‘zi himoya qilishiga to‘sqinlik qilishga haqli emas

 Xodimni qonuniy rad etish uchun ta’qib qilish taqiqlanadi

 🧠 Xulosa:

Xodimning xavfsiz mehnat qilish huquqi — ustuvor. Agar ish hayot yoki sog‘liqqa xavf tug‘dirsa, qonun xodim tomonida.