Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-19
❗️Mehnat daftarchangiz yoki ish stajingiz bo‘yicha xatoliklarni payqadingizmi? Uni o‘z vaqtida to‘g‘rilash juda muhim. Aks holda, kelajakda pensiya hisobiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
📱Endilikda barcha jarayonlarni my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshirish mumkin.
❓ Qanday holatlarda ariza beriladi?
⏺️Siz ishlamagan tashkilot bilan shartnoma rasmiylashtirilgan bo‘lsa;
⏺️Ruxsatingizsiz ma’lumotlar kiritilgan bo‘lsa;
⏺️Mehnat faoliyatingizga oid ma’lumotlar xato aks ettirilgan bo‘lsa.
🧑💻 Jarayon juda oddiy: Portalga kirasiz 🗄 “Ma’lumotlarni tahrirlash” xizmatini tanlaysiz 🗄 kerakli tuzatishlarni kiritasiz 🗄arizani yuborasiz.
❗️ Xizmat mutlaqo bepul!
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing