Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-19
🔥 Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha qulay imkoniyat yaratildi.
✨ Endilikda zaxiralangan ish o‘rinlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri osonish.uz platformasiga joylashtirish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi!
🔹 Kimlar uchun zaxiralangan ish o‘rinlari ajratiladi?
— Nogironligi bo‘lgan shaxslar
— Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolari
— Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar
— Muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar
— Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar
— Odam savdosidan jabrlangan shaxslar
🔹 Nima uchun bu muhim?
— Ish beruvchi sifatida jamiyatga qo‘shayotgan hissangiz yanada ortadi
— Qonunchilik talablariga rioya etilgan bo‘ladi
— Platforma orqali xodim topish jarayoni soddalashadi
— Barcha jarayonlar onlayn va shaffof tarzda amalga oshiriladi
🔹 Qanday joylashtiraman?
1. osonish.uz saytiga kiring
2. “Vakansiya qo‘shish” bo‘limiga o‘ting
3. “Ish kimlar uchun” qismida tegishli ijtimoiy toifani tanlang
4. Vakansiyani yuboring va nomzodlar oqimini kuting
💼 OSON ISH (https://osonish.uz/) platformasi orqali siz ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hayotida muhim o‘zgarishlarga sababchi bo‘lasiz.
➡️ Barcha ish beruvchilarni zaxiralangan ish o‘rinlarini platformada faol e’lon qilishga chaqiramiz!