Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Korrupsiyaning oldini olish – ustuvor vazifa

error

2026-03-18

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev rahbarligida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarma xodimlari, tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari hamda barcha mahalla hokim yordamchilari ishtirok etib, sohada olib borilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, aholiga xizmat ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash,  korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish davomida har bir mas’ul xodimning faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda ochiqlik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etish, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.