Yangiliklar
Yangiliklar
2026-03-19
Navbahor va Karmana tumanlarida hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish hamda mahallalarda olib borilayotgan ishlarni yanada tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev, Navbahor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Murod Jumaboyev hamda boshqarma mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar miqdori oshirilgani, shuningdek, og‘ir hududlarda yashovchi aholi uchun qo‘shimcha imtiyoz va imkoniyatlar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilariga hokim yordamchilari faoliyatida samaradorlikni yanada oshirish, aholiga yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni ta’minlash hamda mavjud muammolarni tezkor va samarali hal etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.