Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Karmanada bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

error

2026-03-19

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tashabbusi bilan Karmana tumanidagi “og‘ir” mahallalar toifasiga kiruvchi Ko‘hna qo‘rg‘on MFYda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi, Karmana tuman hokimligi hamda tuman IIB Probatsiya bo‘limi hamkorligida o‘tkazilib, aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni hamda probatsiya nazoratida turuvchi fuqarolarni  ish bilan qamrab olishga alohida e’tibor qaratildi.

Yarmarkada 12 ta davlat va xususiy korxona hamda tashkilotlar ishtirok etib, jami 48 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

Tadbirga mahallada yashovchi 38 nafar ishsiz fuqaro jalb qilindi. Ularning 25 nafarini yoshlar, 13 nafarini esa xotin-qizlar tashkil etdi. Yarmarka yakunida 11 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar va kvota yo‘llanmalari berildi.

Shuningdek, 27 nafar ishtirokchiga ularning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida keng qamrovli tushuntirishlar va huquqiy maslahatlar taqdim etildi.

Bu kabi tadbirlar aholini doimiy ish bilan ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etadi.