Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#RASMIY MUNOSABAT

error

2026-03-19

🌐 Avval xabar berganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro K. Yusupov tomonidan “mahalla hokim yordamchisi tomonidan shaxsiy ishlariga jalb etilib, bajarilgan mehnat uchun haq to‘lanmaganligi” mazmunidagi murojaat tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlanishicha, fuqaro K. Yusupov mahalla hokim yordamchisining qo‘shnisi bo‘lib, u hokim yordamchisining xonadonida olib borilayotgan ishlar jarayonida o‘z ixtiyori bilan, hech qanday mehnatga haq to‘lash bo‘yicha kelishuvsiz ishtirok etgan hamda ma’lum muddat davomida yordam ko‘rsatgan.

Shu bois, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur murojaatda keltirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.