Yangiliklar
Yangiliklar
2026-03-19
“Payshanba – yoshlar kuni” doirasida viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda 15 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbaini yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashga doir muhim masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish kabi qator murojaatlar bildirildi.
Ushbu murojaatlarning bir qismi joyida hal etilib, yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa tegishli mas'ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bandligini oshirish, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.