Yangiliklar
Yangiliklar
2026-03-24
Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan Navbahor tumanidagi “Karvon” mahallasida bo‘ldi.
Jarayon davomida xonadonlar kesimida yurilib, tomorqa yerlaridan foydalanish holati o‘rganildi. Aholi bilan muloqot jarayonida tomorqa madaniyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, yer unumdorligini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, fuqarolarga davlat tomonidan tomorqachilikni rivojlantirish, issiqxonalar tashkil etish hamda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur sa’y-harakatlar natijasida tomorqalardan samarali foydalanish orqali aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.