Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Xatirchi tumanida hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

error

2026-03-25

Bugun Xatirchi tuman hokimligida hokim yordamchilari faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jo'rayev rahbarligida viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev, Xatirchi tuman hokimi Umidjon Adizov, Xatirchi va Nurota tumanlari hamda G‘ozg‘on shahar hokimining birinchi o‘rinbosarlari, shuningdek mazkur hududlardagi barcha mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Seminar davomida mahallalarda bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, hokim yordamchilari faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.