Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Xatirchida aholi bandligini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi

error

2026-03-25

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jo‘rayev tashrif doirasida Xatirchi tumanidagi “Sohil bo‘yi” dam olish maskanida amalga oshirilayotgan tadbirkorlik loyihalari hamda yaratilayotgan ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdi.

Jarayon davomida hududda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, dam olish maskani hududida xizmat ko‘rsatish, savdo va turizm yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar orqali fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mas’ullarga hududning salohiyatidan kelib chiqib, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholini bandlikka jalb etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.