Yangiliklar
Yangiliklar
2026-03-26
Bugun Karmana tuman Madaniyat markazida yoshlar va ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Mazkur yarmarkada 100 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar, ayniqsa ish izlayotgan yoshlar faol ishtirok etdi. Tadbirga 30 ga yaqin tashkilot va korxonalar, shuningdek tadbirkorlik subyektlari jalb etilib, ular tomonidan jami 120 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi. Fuqarolar o‘z qiziqishi va mutaxassisligidan kelib chiqib, mavjud ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishish, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Yarmarka davomida Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish tuman bo'limi mas'ullari tomonidan ishtirokchilarga mehnat qonunchiligi, ishga joylashish tartiblari hamda kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, fuqarolarning qiziqishlari va salohiyatidan kelib chiqib, ularga mos ish o‘rinlari tavsiya etildi.
Natijada, 12 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Bundan tashqari, 5 nafar fuqaro kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirilib, ularga maxsus vaucherlar taqdim etildi.
Bunday yarmarkalar aholi bandligini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish hamda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.