Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

SEMINAR

error

2026-03-26

Bugun Zarafshon shahar hokimligida hokim yordamchilari faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan seminar o'tkazildi.

Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jo‘rayev, Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev, soha mutasaddilari hamda Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlaridagi barcha mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari qatnashdi.

Seminar davomida mahallalarda bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar chuqur tahlil qilindi. Shu bilan birga, mavjud resurs va imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida hokim yordamchilari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Ishtirokchilar tomonidan mavjud muammolar muhokama qilinib, ularning yechimlari yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.