Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Aholi bandligini ta’minlashda ishlab chiqarish korxonalarining o‘rni muhim

error

2026-03-26

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jo'rayev boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi tashrif manzili Zarafshon shahridagi  qandolat ishlab chiqarish “Mazzona” MCHJ da bo‘ldi. 

Tashrif davomida MCHJ rahbari tomonidan korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarish quvvatlari hamda yaratilgan ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishchi guruh a’zolari pishiriqlar tayyorlash jarayonlari bilan yaqindan tanishib, shuningdek, fabrikaning yerto‘la qismida “Shampinion” turidagi qo‘ziqorin yetishtirish faoliyatini ham ko‘zdan kechirdi.

Mazkur korxona nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, balki aholi bandligini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutayotgani alohida ta’kidlandi. Xususan, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni va ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish orqali hududda bandlik darajasini oshirishga xizmat qilmoqda.

Marat Jo'rayev tomonidan “Mazzona” brendini boshqa hududlarda ham kengaytirish, yangi filiallar tashkil etish zarurligi qayd etilib, bu orqali yanada ko‘proq ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish mumkinligi ta’kidlandi.