Yangiliklar
Yangiliklar
2026-04-06
Ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiyda majburiy mehnatga xo‘rlangan arxiv ishchi xodimlari” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Mazkur murojaat Nurota tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, tuman davlat arxivi rahbari vazifasini bajaruvchi tomonidan 2023-yil 22-dekabr kuni 10 nafar ishchi-xodim uchun yangi yil bayrami munosabati bilan navbatchilik grafigi tuzilgan va xodimlar ushbu grafik bilan tanishtirilgan.
Shu bilan birga, ishchi-xodimlar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda mazkur navbatchilik grafigi amalda qo‘llanilmagani, ya’ni xodimlar navbatchilikka jalb etilmagani, ushbu holat rasmiyatchilik uchun amalga oshirilgani hamda rahbar tomonidan xodimlarga nisbatan hech qanday majburlash, tahdid yoki bosim bo‘lmaganligi ma’lum qilindi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, ishchi-xodimlarni majburiy mehnatga jalb etish holatlari aniqlanmadi.
Biroq, amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga zid ravishda bayram kunlari uchun navbatchilik grafigi tuzilib, xodimlarga imzolatilgani mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish deb baholandi.
Mazkur holat yuzasidan tuman davlat arxivi rahbari Bozorov Asliddin Bafoyevichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi 1-qismiga asosan eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima qo‘llash to‘g‘risida ma’muriy qaror qabul qilinganligini ma'lum qilamiz.