Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi o'tkazildi

error

2022-04-08

Navoiy shahar ABKM tashabbusi bilan shahar prokuraturasi hamda shahar hokimligi hamkorligida Navoiy shahri "Ishga marhamat" Monomarkazida "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi o'tkazildi.



Ushbu mehnat yarmarkasida 70 ga yaqin korxona va tashkilotlar o'zining jami 238 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdilar.

Mehnat yarmarkasida  qatnashgan fuqarolar korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan bo'sh ish o'rinlari haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirildi.



Shuningdek, yarmarkada Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy davlat konchilik instituti ma'muriyati va talabalari ham ishtirok etdilar.

Talabalar yarmarka so'ngida Monomarkazda mavjud barcha yo'nalishlar hamda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.