Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"QULAYLIKLARNI KUTISH EMAS, UNI YARATISH KERAK"

error

2023-09-22

☑️ Xabaringiz bor, Zarafshon shahrining "Yangi Zarafshon" mahallasida "Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezoni asosida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

🟢 Mana shunday obod maskanga  aylanayotgan manzillarda  fuqarolar ham xonadonlar obodligi, mahalla rivoji uchun oʻz hissasini qoʻshmoqda. Xususan, ushbu mahallaning faol fuqarosi Maxkamov Husniddin oʻz xonadoni obodligi, rivoji uchun harakatda. Bugungi kunda ushbu fuqaro oʻz xonadonida 3 sotix joyda issiqxona tashkil etgan. Unda turli koʻkatlar ekib, nafaqat oʻzi uchun, balki aholiga yetkazish maqsadida bozor rastalariga ham  yetkazib kelmoqda. Bu bilan esa o'zini-o'zi band qilib xonadoniga daromar keltirmoqda.

🟢 Qahramonimiz esa bir maqsad bilan: Qulayliklarni kutish emas, uni yaratish kerak - degan maqsadda bugungi kunda mana shunday ishlarni amalga oshirib kelayotganligini taʼkidlaydi.

🌐Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi
       Axborot xizmati