Yangiliklar
Yangiliklar
2023-09-28
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
🟢Korrupsiya - bu har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.
🟢Ayni maqsadda, G'azg'on shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'lim boshlig'i U.Ergashev ishtirokida Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'lim xodimlari uchun "Korrupsiya - jamiyat kushandasi" mavzusida muhokama yig‘ilishi tashkil etildi.
🟢 Unda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda davlat xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga oid jinoyatlarning sodir etilish oqibatlari va ularning oldini olish bo‘yicha fikr-mulohazalar yuritildi.