Фаолият йўналишлари
Faoliyat yo‘nalishlari
Navoiy viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining vazifalari hamda funksiyalari
Quyidagilar bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
2) tegishli ravishda Navoiy viloyat va tuman (shahar) hokimlari, hududiy prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmati rahbarlari tomonidan rahbarlik qilinadigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi oʻrinlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlikni amalga oshirish;
3) aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi sohasidagi va ular vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;
4) idora boʻysunuvidagi tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
5) ishga joylashtirish, oʻqitish va malaka oshirish, malakani baholash xizmatlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish boʻyicha tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;
6) kovorking-markazlar tashkil etish va ularni saqlab turish moliyalashtirilishini tashkil qilish boʻyicha tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
7) idora boʻysunuvidagi tashkilotlarda moliya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish.
Bosh boshqarma oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;
2) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda Vazirlik buyruqlarining Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) boʻlimlari, idora boʻysunuvidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini tizimli nazorat qiladi;
3) idora boʻysunuvidagi tashkilotlar tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;
4) idora boʻysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
5) kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligi sohasida xizmatlar koʻrsatish yuzasidan faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
6) idora boʻysunuvidagi tashkilotlarda moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
7) Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash hududiy dasturlari bajarilishi monitoringini olib borish, aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish, ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha idora boʻysunuvidagi tashkilotlar hatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;
8) ishga joylashtirish, oʻqitish va malakani baholash xizmatlariga boʻlgan davlat buyurtmasini shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirish, keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik agentliklari, ishsizlar va band boʻlmagan aholini oʻqitish markazlari hamda malakani baholash markazlariga haq toʻlash boʻyicha idora boʻysunuvidagi tashkilotlar hatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;
9) idora boʻysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik taʼminotini tashkil etadi;
10) idora boʻysunuvidagi tashkilotlar binolari va inshootlaridan joriy foydalanish boʻyicha ishlar monitoringini oʻtkazadi va muvofiqlashtiradi;
11) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;
12) operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish va oʻz vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Xorazm VILOYATI
KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH
VA BANDLIK BOSH