Yerga e’tibor — bandlik va farovonlik garovi So‘nggi yillarda aholining yerga bo‘lgan munosabati tubdan o‘zgardi. Bugungi kunda tomorqalardan samarali foydalanish nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, balki aholi bandligini oshirish va barqaror daromad manbaini yaratishda muhim omilga aylanmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda yetishtirilayotgan kartoshkaning 84 foizi, sabzavot mahsulotlarining 71 foizi hamda poliz ekinlari va mevalarning 60 foizdan ortig‘i aholi xonadonlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Xalqimiz tomorqa — qo‘shimcha daromad va bandlik manbai ekanini chuqur anglab, undan unumli foydalanish orqali yiliga 2–3 marotaba hosil olishga erishmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ishsizlikni kamaytirish, oilalar daromadini oshirish hamda farovonlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
29-12-2025
Bandlik — farovon hayot poydevori “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholini ish bilan ta’minlash muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Hududlarda ishsiz fuqarolarni bandligini ta'minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, qayta tayyorlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar samarasi natijasida aholining barqaror daromad manbalariga ega bo‘lishi ta’minlanib, turmush sharoiti yaxshilanmoqda. Mazkur ijobiy o‘zgarishlarni esa kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
29-12-2025
Farovon hayot sari muhim qadamlar “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. Xususan, yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligi ta’minlanmoqda, natijada fuqarolarning daromadlari oshib, kambag‘allik darajasi bosqichma-bosqich qisqarib bormoqda.
29-12-2025
Tomorqadan samarali foydalanish — mahallalarda barqaror daromad manbai Mahallalarda ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, shuningdek qo‘shimcha daromad topish istagidagi aholiga ko‘mak berish maqsadida tomorqa va issiqxonalardan samarali foydalanish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratilib, ular o‘z tomorqasi va issiqxonalarida daromadli faoliyatni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Natijada aholining bandligi ta’minlanib, oilalar daromadi muntazam oshib bormoqda.
29-12-2025
Karmanada aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi Karmana tumanida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy va vaqtincha ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada turli soha va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilib, ish izlayotgan fuqarolarga munosib ish topishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Tadbir aholi bandligini oshirish va mehnat bozorida faol ishtirokni ta’minlashga xizmat qildi.
29-12-2025
AHOLI BANDLIGI TA'MINLANMOQDA So‘nggi yillarda Nurota tumanida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar natijasini tumanning Eshon Sudur va Oqmachit mahallalari misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Mazkur hududlarda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ayollar uchun qulay sharoit yaratish, ularni kasb-hunarga o‘qitish va o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar izchil davom etmoqda.
29-12-2025
Kambag'allikdan farovonlik sari Mamlakatimizda aholi turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalar esa oilalarning daromadini oshirishga, farovon hayot sari ishonchli zamin yaratishga xizmat qilmoqda.
29-12-2025
Mahallalarda kichik biznes: Bandlik va daromad o‘sishining asosiy omili Bugungi kunda mahalla hokim yordamchilari tashabbusi bilan xonadonlarda kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbuslar natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, aholi bandligi ta’minlanmoqda va eng muhimi, oilalarning daromadi oshishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, Xatirchi tumanidagi “Binokor” va “Samarqand” mahallalarida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu hududlarda aholining o‘z xonadonida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘mak berilib, iqtisodiy faollik izchil oshib bormoqda.
29-12-2025
Oilaviy Tadbirkorlik – Barqaror Daromad Manbai Oilaviy biznesni yo‘lga qo‘ygan fuqaro mehnatsevarligi va tashabbusi bilan oila daromadini oshirishga erishdi. Ushbu tashabbus nafaqat barqaror daromad manbaini yaratdi, balki kelgusida faoliyatni yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
29-12-2025
Oilaviy Tadbirkorlik – Barqaror Daromad Manbai Oilaviy biznesni yo‘lga qo‘ygan fuqaro mehnatsevarligi va tashabbusi bilan oila daromadini oshirishga erishdi. Ushbu tashabbus nafaqat barqaror daromad manbaini yaratdi, balki kelgusida faoliyatni yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
16-12-2025
Jinoyatga jazo muqarrar. Pora beruvchi ham pora oluvchi ham qonun oldida javob beradi.
12-12-2025
Oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi: farq, mohiyat va dolzarblik Bugungi globallashuv davrida inson salomatligi vaoziq-ovqat tizimining barqarorligi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. Aholining to‘g‘ri ovqatlanishi, iste’mol qilinadigan mahsulotlarning sifati hamda ularning xavfsizligi har bir davlatning iqtisodiy barqarorligi va sog‘lom jamiyat qurish strategiyasida muhim o‘rin tutadi. Shu bois “oziq-ovqat xavfsizligi” va “oziq-ovqat mahsulotlarixavfsizligi” tushunchalarini farqlash, ularning mohiyatini anglash bugun har bir ishlab chiqaruvchi va iste’molchi uchun zarur bilimdir. Bu ikki tushuncha bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa-da, ma’no va vazifa jihatidan farqlanadi: biri tizimli yondashuvni, ikkinchisi esa mahsulotning bevosita sifat va gigiyenik holatini ifodalaydi.
28-11-2025
Tomorqa — aholi bandligining barqaror manbai Tomorqa yerlaridan oqilona foydalanish bugun nafaqat qo‘shimcha daromad manbai, balki aholi bandligini ta’minlashning eng samarali yo‘llaridan biriga aylanmoqda. Tomorqalarda sabzavot, poliz, meva ko‘chatlari yoki issiqxona mahsulotlari yetishtirish orqali oilalar yil davomida o‘z daromadini oshirish bilan birga, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniga ega bo‘lmoqda. Bu esa ayniqsa chekka hududlarda iqtisodiy faollikni kuchaytirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va barqaror bandlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shu tariqa, har bir tomorqa — oila farovonligini mustahkamlovchi, bandlikni oshiruvchi va mahalliy iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shuvchi muhim resursga aylanmoqda.
28-11-2025
OLIS MAHALLALARDA IQTISODIY FAOLLIK KUCHAYMOQDA Chekka hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar o‘z samarasini bermoqda. Hududlarda kichik biznes subyektlarining faoliyati kengayib, yangi loyihalar yo‘lga qo‘yilayotgani natijasida aholi bandligi ta’minlanmoqda. Yaratilayotgan imkoniyatlar fuqarolarning o‘z ishini boshlashiga, mavjud faoliyatini kengaytirishiga va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga xizmat qilmoqda. Natijada chekka mahallalarda ham iqtisodiy faollik oshib, aholining daromad manbalari ko‘paymoqda. Mazkur jarayonlar mahallalarda barqaror bandlikni yo‘lga qo‘yish hamda aholi farovonligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
28-11-2025
Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi 📋Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-son qaroriga asosan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi — vazirlikning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, o‘z faoliyatini bevosita hamda hududiy inspeksiyalari orqali amalga oshiradi. 📽 Batafsil: videoda.
27-11-2025
AHOLI BANDLIGI YO'LIDA Mahallalarda ishsiz fuqarolarni kasbga yo‘naltirish va ularning daromad manbaini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, hokim yordamchilari tavsiyanomasi asosida aholiga imtiyozli kreditlar ajratilib, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Natijada, ko‘plab fuqarolar o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, barqaror daromadga ega bo‘lmoqda hamda mahallalarda bandlik darajasi sezilarli oshmoqda.
27-11-2025
🎙“Qo'rg'on” eshittirishida aholi bandligi haqida so‘z yuritildi.
27-11-2025
Tadbirkorlikni rivojlantirish — aholi bandligining muhim omili Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda va bu orqali aholi bandligi tobora oshib bormoqda. Xususan, Xatirchi tumanida ham ushbu yo‘nalishda samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahalla aholisi o‘z biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Mazkur tashabbuslar nafaqat iqtisodiy faollikni kuchaytirmoqda, balki aholi farovonligini oshirishga ham munosib hissa qo‘shmoqda.
27-11-2025
Navoiy MTRK | "Assalom, Yangi kun!" Dastur mehmoni Karmana tumanidagi "Sardoba" mahallasi hokim yordamchisi Komil Xudoyberdiyev bilan suhbat.
27-11-2025
Aholi bandligini ta’minlash yo‘lida tizimli ishlar davom etmoqda Navbahor tumanida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va fuqarolarning daromad manbaini kengaytirish maqsadida izchil ishlar olib borilmoqda. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, kasanachilik va oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda. Natijada, ko‘plab fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘lishmoqda, shuningdek, o‘zining shaxsiy tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish orqali iqtisodiy faol bo‘lib bormoqda. Tizimli tarzda olib borilayotgan bu sa’y-harakatlar tumanda bandlik darajasini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishda muhim omil bo‘lmoqda.