Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

XOMRABOTDA ULKAN BUNYODKORLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA

error

2023-10-06

Ayni kunlarda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi "Xomrabot" mahallasida "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili asosida keng ko‘lamdagi obodonchilik va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan dastur doirasida ushbu mahallada 2,8 km yo‘llar joriy ta’mirlanmoqda, 1 km yo‘llar shag‘allashtirildi, 5,6 km yo‘llar asfaltlashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ishlar boshlab yuborilgan. 

umladan, hududda elektr energiya ta’minotini yaxshilash maqsadida jami 13,3 km kabellari yangilanib, 2 ta yangi transformator punkti o‘rnatildi, shuningdek, 275 dona temir beton tayanch ustunlari keltirib o‘rnatildi, aholi talablaridan kelib chiqib, qo‘shimcha yana 25 dona temir beton tayanch ustunlari keltirib o‘rnatilmoqda. Mavjud 8 ta transformator punktlarida esa mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Mahalla aholisining markazlashgan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 28,1 km ichimlik suvi tarmoqlari tortish rejalashtirilgan bo'lib, bugunga qadar 4,5 km ichimlik suv quvurlari tortildi.

Shuningdek, piyodalar yo‘lakchasi, yoritish chiroqlari, sport maydonlarini qurish, qabristonlarning ma’muriy binolarini qurish va ijtimoiy obyektlar holatini yaxshilash hamda zaruriy jihozlar bilan ta’minlash ishlari ham amalga oshirilmoqda.

🌐Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi
Axborot xizmati.