Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2023-10-09

✅  Ijtimoiy tarmoqlarda "Sizdan Telegram" telegram kanalida "Navoiy Uran" Davlat korxonasi ishchilari tomonidan "Ishchilar mobil aloqa yo'q hududga terimga jo'natildi" sarlavhasi ostida  xabar  tarqaldi.

✅  Mazkur murojaat yuzasidan Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan o'rganish o'tkazilganda quyidagilar aniqlandi. "Navoiy Uran" Davlat korxonasi ishchi-xodimlari ixtiyoriy va majburiy jamoa ishlariga, xususan, 2023-yil paxta yig'im-terim ishlariga, shuningdek, 7-8-oktyabr kunlarida ham jalb etilmagan. Bundan tashqari, ishchi-xodimlarni  paxta yig'im-terim ishlariga jalb etish masalasi korxona rahbariyati kun tartibida yo'qligi va bu borada hech qanday maxsus topshiriq berilmaganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda korxonaning barcha  ishchi-xodimlari belgilangan jadval asosida doimiy ish joyida ishlab chiqarish jarayonlarida o'z mehnat faoliyatini olib borayotganligini ma'lum qilamiz.  

🌐Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi 
      Axborot xizmati.