Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

# Ijtimoiy nafaqalarning tayinlash mezonlariga o'zgartirishlar kiritilishi

error

2023-10-23

Endilikda ijtimoiy nafaqalarning manzilligi va uni tayinlashdagi adolatlik oshadi 

Bugungi kunda O'zbekistonda 2,3 mln dan ortiq kam ta'minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi  va moddiy yordam to'lanmoqda. Davlat tomonidan sarflanayotgan ushbu mablag'lar aslida kam ta'minlangan va o'gir ahvolga tushib qolgan shaxslarning hayotiy ehtiyojlarini qoplashga qaratilgan. Ammo so'ngi yillarda ba'zi bir o'ziga to'q fuqarolar ijtimoiy zaif qatlamlarga mo'ljallangan nafaqadan foydalanish holatlari uchrayotganligi aniqlangan. Shu kabi holatlarni oldini olish va ijtimoiy nafaqalarning manzilligini oshirish hamda uni tayinlashdagi adolatlikni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali kam ta'minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo'yicha elektron ko'rinishda ariza berishni joriy etish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Ushbu o'zgartirishlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning sonini qisqartirib ularga berilayotgan moddiy yordamni qisqartirish emas balkim davlat tomonidan berilayotgan nafaqalarni adolatlilik tamoyili bilan taqsimlanishi va ushbu toifaga kirmaydigan fuqarolarni vijdonsiz xatti-harakatlarini oldini olishga qaratilgan.
Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati.