Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2023-11-02

🌍 Ijtimoiy tarmoqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi Navoiy viloyat boshqarmasining– “Sanitariya boshqarmasi 41 nafar xodimning ish haqini qachon to'lab beradi? nomli xabar tarqalgan edi.

✅ Mazkur murojaat yuzasidan Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorat inspeksiyasi tomonidan o'rganish o'tkazilganda quyidagilar aniqlandi. Xususan- “Navoiy viloyati Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining 41 nafar xodimining 2020-2021 yillardagi pandemiya davrida ish haqiga qo'shimcha to'lovlar to'lanmay qolganligi yuzasidan bo'lgan murojaati yuzasidan 2023-yil fevral oyida 41 nafar xodimga ish haqini to'lab berish bo'yicha Karmana tumanlararo sudining hal qiluv qarori chiqarilgan. Viloyat SEO va JS boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan kiritilgan da'vo arizasi yuzasidan ko'rilgan appelyatsiya instantsiyasi natijasiga ko'ra birinchi instantsiya sud qarorini bekor qilgan.  

Fuqarolik ishlari bo'yicha Karmana tumanlararo sudining 2023 yil fevral oyidagi bo'yruqlariga asosan 41 nafar xodimga 863 792 000 sumlik Sud bo'yruqlari chiqarib berilgan.

Yuqoridagi bo'yruqlar sud organlari tomonidan tegishli moliyaviy hujjatlari to'liq o'rganilmasdan, muhokama qilinmasdan bo'yruq chiqarilganligi sababli SEO va JSB tomonidan Sudga qayta o'rganib chiqilishi yuzasidan e'tiroznoma berilgan va sud bo'yruqlari bekor qilingan.

   Yuqorida ko'rsatib o'tilgan 41-nafar xodimlarning 31 nafari tomonidan tegishli hujjatlar to'liq taqdim qilinganligi sababli ushbu 31 nafar xodimga Karmana tumanlararo sudining 2-2101-2302/10012- sonli, 2-2101-2301/10617-sonli, 2/2101-2302/10302-sonli qarorlariga asosan 650 712.5 ming so'm mablag'lar undirish belgilangan.   

O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2023 yil 10 fevraldagi 28/-00654-sonli xatiga asosan O'zbekiston Respublikasining 2023 yili uchun, O'zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to'g'risidagi Qonunida koronavirus infektsiyasiga jalb qilingan tibbiyot va boshqa xodimlarning o'rtacha oylik ish haqi miqdori bilan bog'liq to'lovlar (mehnat ta'tili, homiladorlik va tug'ish nafaqalari va boshqalar) uchun mablag'lar ko'zda tutilmaganligi ma'lum qilingan.  

Biroq Respublika SEO va JS xizmati tomonidan 2023 yil 27 yanvar kunida 29-04760-sonli xatiga asosan O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 10 fevral kunidagi 28/1-00654-sonli javob xatida O'zbekiston Respublikasining 2023 yili uchun, O'zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to'g'risidagi Qonunida koronavirus infektsiyasiga jalb qilingan tibbiyot va boshqa xodimlarning o'rtacha oylik ish haqi miqdori bilan bog'liq to'lovlar (mehnat ta'tili, homiladorlik va tug'ish nafaqalari va boshqalar) uchun mablag'lar ko'zda tutilmaganligi ma'lum qilingan. 

Fuqarolik protsessual kodeksining 320-348-moddalariga talabiga ko'ra birinchi sud instantsiyasining yuqorida ko'rsatilgan hal qiluv qarorlari ustidan Navoiy viloyat sudi fuqarolik ishlari bo'yicha apellyatsiya sudlov hay'atiga javobgar Navoiy viloyati SEO va JSX boshqarmasi tomonidan 2023 yil 25 sentyabr sanasida apellyatsiya tartibida shikoyat kiritilgan. Bundan tashqari MIB Navoiy shahar bo'limi tomonidan Navoiy viloyati SEO va JSX boshqarmasiga nisbatan yuritilgan ijro ishi doirasida, ushbu korxona asosiy vositalari xatlanib, asosiy hisob raqamlaridagi buxgalteriya operatsiyalari amalga oshirish uchun taqiq qo'yilgan. Hozirgi kunda Navoiy viloyati SEO va JSX boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan 31 nafar xodimga Karmana tumanlararo sudining 2-2101-2302/10012- sonli, 2-2101-2301/10617-sonli, 2/2101-2302/10302-sonli qarorlariga asosan 650 712.5 ming so'm mablag'lar undirish yuzasidan Navoiy viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasiga yuqoridagi mablag'larni undirib berishlik uchun tegishli so'rov xatlari yuborilgan. Xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarini undirish yuzasidan harakatlar amalga oshirilayotganligi, hamda Navoiy viloyati hokimi tomonidan 2023-yil 1-noyabr kunida tasdqilangan Navoiy viloyati SEO va JSX boshqarmasi xodimlari tomonidan yozilgan murojaatni o'rganish bo'yicha ishchi guruhi tarkibi tasdiqlangan bo'lib, mazkur murojaat yuzasidan atroflicha o'rganish o'tkazilayotganligi hamda buning natijalari bo'yicha qo'shimcha axborot berilishini ma'lum qilamiz.

Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi
Axborot xizmati.