Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Ijtimoiy nafaqa endi faqat ehtiyojmand oilalarga beriladi

error

2023-11-03

So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda va mahallalarda “nega qo‘shnim moliyaviy sharoiti menikidan yaxshiroq bo‘lsa-da nafaqa puli oladi, menga esa rad etiladi”, degan mazmundagi shikoyatlarni ko‘p uchratish mumkin.

🔮 O‘zbekistonda 2022 yilda ijtimoiy himoya dasturlari doirasida nafaqa olganlarning 5,6 foizi o‘ziga to‘q va 12,5 foizi o‘rta ahvoldagi oilalar ekanligi aniqlangan. Shundan kelib chiqib 2022 yilda jami nafaqa oluvchi oilalarning 18,1 foizi haqiqatda ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lmagan oilalar hisoblanadi.

🟡O‘z-o‘zidan ikkinchi oilada “Nega sharoiti bir xil oilaga ikki xil qaralmoqda?», “Kimdir bunga tayinlab bergan”, “Tayinlash uchun pul berish kerak”, degan ma’noda norozilik va tizimga nisbatan ishonchsizlik tug‘iladi.

🟡Bunga asosiy sabab, nafaqa tayinlangandan keyin oilaning iqtisodiy ahvoli monitoring qilinmasdan, muddat yakuniga qadar to‘lovni amalga oshirish hisoblanadi.

✅Shu kabi holatlarning oldini olish va jamiyatda uchrab turgan ijtimoiy adolatsizlik holatlarini bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron ko‘rinishda ariza berishni joriy etish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

💻 Ushbu qaror loyihasida bu kabi kamchiliklar yechimini ko‘rish mumkin.

🔘Ya’ni, oilaning iqtisodiy ahvoli avtomatik ravishda vazirlik va idoralardan olinadigan elektron ma’lumotlarga muvofiq har oyda monitoring qilib boriladi hamda iqtisodiy holati yaxshilangan oilalarga nafaqalarni to‘xtatish amaliyoti joriy etilmoqda.

📰  Manba (https://uza.uz/posts/532704)