Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Jarayon

error

2023-11-03

✔️ Inson xavfsizligini ta’minlash ayniqsa uni ish jarayonida bevosita ishlab chiqarishda oʻz dolzarbligini koʻrsatadi. Texnologik jarayonning murakkabligi, texnologik rejimlarga boʻlgan talablarning yuqoriligi mehnat muhofazasi tadbirlariga boʻlgan talablarining ortib borishini talab qilmoqda. 

✅ Ayni maqsadda Navoiy Viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan  Qiziltepa tumanidagi 5-son Jazoni ijro etish koloniyasida, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi.

🔶 Unda  Jazoni ijro etish koloniyasining ishlab chiqarish hududidagi ishchi mahkumlar va mas'ullarga  baxtsiz hodisalar va  kasbiy kasalliklarni oldini olish,  texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishlari bo'yicha tushuntirishlar olib borildi. Shuningdek,  ishlab chiqarish sexlarida texnika xavfsizligini kuchaytirish yuzasidan mas'ullarga ko'rsatmalar berildi. 

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati