Yangiliklar
Yangiliklar
2023-11-03
☑️Ishchi xodimning ishi texnika yoki texnologiyalar bilan bog'liq bo'lsa, xavfsizlik qoidalarini bilish va unga amal qilish o'ta muhim. Ish beruvchi bilan ishchi o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomalarida ish jarayonida yuzaga kelgan baxtsiz hodisalar yoki biror bir falokat natijasida yuz bergan holatlar uchun tegishli tartibda to'lovlar va hokazolar ko'zda tutilgan, ammo eng yaxshisi, noxush holatlar yuz berishining oldini olishdir.
☑️ Shu maqsadda joriy yilning 3-noyabr kuni Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tashabbusi bilan Navoiy shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasida yangi tahrirdagi mehnat kodeksi hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
☑️ Tadbir avvalida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qay tarzda tashkil etilganligi bilan yaqindan tanishilib, so'ngra ishchi xodimlar bilan suhbatlashildi. Unda “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi, to'g'risida tushunchalar berildi. Tadbir so'ngida mavzu yuzasidan ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mas'ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi
Axborot xizmati.