Yangiliklar
Yangiliklar
2023-11-29
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz
📎 Yurtimizda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayni paytda 20-noyabrdan 20-dekabrga qadar "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida joylarda illatga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda.
🔹 Jumladan, Qiziltepa tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi xodimlari, mahalla raislari hamda hokim yordamchilari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" borasida davra suhbati bo'lib o'tdi.
🔹 Unda manfaatlar to‘qnashuvi, mahalliychilik, guruhbozlik, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat va huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ayniqsa, korrupsion holatlar, muammolar mavjud bo‘lsa, anonim yoki “Ishonch telefoni” orqali xabar berish zarurati haqida ta’kidlanadi.
📌 Bu ham korrupsion holatlarning oldini olish uchun xizmat qiladi, albatta.
✔️ Agar siz sohada qonunbuzarliklar yoki korrupsiyaviy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali bizga xabar bering🔽
✏️ @anticorruption_mepr_bot
Yoki Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining
☎️(79)-224-23-00
ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling📞
(Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi)
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati