Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz

error

2023-11-29

#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz

📎 Yurtimizda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayni paytda 20-noyabrdan 20-dekabrga qadar "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"  doirasida joylarda illatga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda.

🔹 Jumladan, Qiziltepa tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi xodimlari, mahalla raislari hamda hokim yordamchilari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"  borasida davra suhbati bo'lib o'tdi.

🔹 Unda manfaatlar to‘qnashuvi, mahalliychilik, guruhbozlik, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat va huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ayniqsa, korrupsion holatlar, muammolar mavjud bo‘lsa, anonim yoki “Ishonch telefoni” orqali xabar berish zarurati haqida ta’kidlanadi.

📌 Bu ham korrupsion holatlarning oldini olish uchun xizmat qiladi, albatta.
✔️ Agar siz sohada qonunbuzarliklar yoki korrupsiyaviy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali bizga xabar bering🔽

✏️ @anticorruption_mepr_bot

Yoki Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 

☎️(79)-224-23-00

ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling📞

(Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi)

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati